Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari eng yuqori o‘sish sur'ati Sirdaryoda qayd etildi
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining eng yuqori o‘sish sur'ati Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 3 679,0 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 16,1 foizga teng.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur'ati:
- Qoraqalpog‘iston – 16,2 foiz;
- Andijon – 20,2 foiz;
- Buxoro – 19,6 foiz;
- Jizzax – 13,7 foiz;
- Qashqadaryo – 15,4 foiz;
- Navoiy – 10,9 foiz;
- Namangan – 15,1 foiz;
- Samarqand – 16,1 foiz;
- Surxondaryo – 17,0 foiz;
- Sirdaryo – 22,7 foiz;
- Toshkent – 14,0 foiz;
- Farg‘ona – 16,8 foiz;
- Xorazm – 18,4 foiz;
- Toshkent sh. – 16,2 foiz.
Mavzuga oid

12:09 / 02.07.2025
Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi e’lon qilindi

11:25 / 01.07.2025
Iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025