Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan

Foto: KUN.UZ
Bosh prokuratura tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tekshirish davomida Arnasoy tumani hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Bosh prokuratura tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tekshirish davomida Arnasoy tumanida rejalashtirilgan 8000 gektar maydonning 1068 gektarida paxta urug‘i o‘z vaqtida ekilmagani va zarur agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmagani oqibatida 1 549 gektar maydonda paxta yetishtirish imkoniyati yo‘qotilgan.
«Biroq, tuman hokimligi mas'ullari 8000 gektar maydonda paxta ekilgan deb ko‘rsatib, 7 mlrd 16 mln so‘mlik qo‘shimcha imtiyozli kredit ajratgan va ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Mazkur holat bo‘yicha, joriy yilning 30 iyunida Bosh prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda», - deya ma'lum qildi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025