Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonga toliblar yetakchisi Abdul G‘ani Barodar rahbar bo‘lishi mumkin - OAV
2020 yilda Dohada AQSh hukumati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda toliblar delegatsiyasiga Barodar rahbarlik qilgan.

Foto: Reuters
Yigirma yillik quvg‘indan so‘ng Afg‘onistonga qaytgan «Tolibon» yetakchisi Abdul G‘ani Barodar mamlakatning navbatdagi rahbari bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Washington Post.
Nashrning yozishicha, Barodar Qandahorga oq yo‘ltanlamas avtomobillar qurshovida kelgan va minglab afg‘onlar tomonidan mushakbozliklar bilan kutib olingan.
«Ko‘p yillar davomida «Tolibon» siyosiy rahbarlari sharpa, qudratli isyonchilik harakatining ko‘rinmas strateglari bo‘lib keldi, endi esa Abdul G‘ani Barodar konvoy bilan bu yerda», — deyiladi nashr xabarida.
«Tolibon» odatda Pokistonning qo‘g‘irchog‘i sifatida ta'riflanadi. Ular Pokistonga qattiq bog‘langan va Pokiston ularga ta'sir o‘tkaza oladi, biroq «Tolibon» mustaqil tashkilot. Barodarning Pokiston qamoqxonalarida olgan tajribasi uni Pokiston buyruqlariga bo‘ysunmaydigan insonga aylantirgan deb o‘ylayman», — degan sobiq nemis diplomati Tomas Ruttig.
Uning ta'kidlashicha, 2020 yilda Dohada AQSh hukumati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda toliblar delegatsiyasiga aynan Barodar rahbarlik qilgan hamda «Tolibon»ning jangari ruhdagi vakillariga nisbatan posangi bo‘la oladigan siyosatchi sifatida o‘zini ko‘rsata olgan.
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025