Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tez tibbiy yordam mashinasini mast holda boshqarib ketayotgan haydovchi aniqlandi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida «Damas» tez tibbiy yordam mashinasini mast holda boshqarib ketayotgan haydovchi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB yo‘l patrul xizmati xodimlari safdor A.Komilov hamda A.G‘afforov kunlik xizmatini tugatib uyga qaytayotganda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-105 avtomobill yo‘lining 24-kilometrida o‘zlari bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan davlat raqami 75 181 RAA bo‘lgan «Damas» rusumli tez yordam mashinasi haydovchisi o‘zining harakatlari bilan inspektorlarda shubha uyg‘otgan.
Qayd etilishicha, «Damas» to‘xtatib tekshirilganda haydovchining tegishli hujjatlari yo‘qligi aniqlangan. Bundan tashqari, haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelib turgan. Shundan so‘ng inspektorlar haydovchini Boysun tumani markaziy shifoxonasining narkologiya bo‘limiga olib borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganida haydovchi mast holda ekanligi aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, inspektorlar tomonidan haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135- va 131-moddalariga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, «Damas» vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

16:05 / 02.06.2025