Ahmad Mas'ud Panjsherni toliblarga topshirishdan bosh tortdi
Afg‘onistonning Panjsher viloyati “Tolibon”ga topshirilmaydi. Bu haqda viloyatdagi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas'ud ma'lum qildi. Avvalroq toliblar qarshilik kuchlariga viloyatni topshirish va taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt bergandi.

Foto: Al Jazeera
Mas'udning aytishicha, viloyat aholisi toliblarga qarshilik ko‘rsatishga tayyor.
“Panjsher “Tolibon”ga topshirilmaydi. Agar ular Panjsher ustidan nazorat o‘rnatmoqchi bo‘lsalar, biz qarshilik ko‘rsatishga tayyormiz. Biz sobiq ittifoqqa qarshi tura olganmiz, toliblarga ham qarshilik ko‘rsata olamiz”, deb aytgan Mas'ud Al Arabiya English telekanaliga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, toliblar qarshilik otryadlari bilan muzokaralardan bosh tortdi. “Tolibon” urushga yakun yasash uchun muloqot qilishdan bosh tortdi. Biz Afg‘onistonda urushni tugatmoqchimiz va muloqotga intilmoqdamiz. “Tolibon” o‘zini shunday tutishda davom etsa, uzoq qololmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan qarshilik yetakchisi.
Mas'ud Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun otasi - toliblarga qarshi 1990-yillarda kurashgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas'udning o‘ldirilishi uchun toliblarni kechirishga ham tayyorligini aytgan. U toliblar muloqotdan bosh torsa, urush “muqarrar” bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.
Mas'ud avvalroq toliblar bilan inklyuziv hukumat shakllantirishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid

16:06 / 01.11.2021
Afg‘oniston qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas'ud Tojikistondaligi ma'lum qilindi

15:21 / 06.10.2021
Panjsherda toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

19:00 / 11.09.2021
Toliblar Panjsherdagi janglarda Pokiston harbiylari qatnashmaganini bildirdi

19:37 / 08.09.2021