Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolibon G‘arb davlatlarini ayblamoqda

Foto: AP
Tolibon harakati vakili Zabihulla Mujohid G‘arb davlatlari o‘z fuqarolari bilan birga mahalliy malakali mutaxassislarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida aytgan.
Mujohidning ta'kidlashicha, g‘arbliklar mamlakat ishlariga aralashmasligi va “inson resurslarini tortib olmasligi” kerak. Gap “shifokor, o‘qituvchi va boshqa kerakli kasb egalari” haqida boryapti.
“Amerikada ular idish yuvuvchi yoki oshpaz bo‘lishlari mumkin. Bu insofdan emas”, dedi Zabihulla Mujohid.
U, shuningdek, Tolibon sobiq tarjimonlar va AQSh bilan hamkorlik qilgan boshqa afg‘onlarni nishonga olmayotganiga ishontirdi. Mujohid Afg‘onistonda bu odamlarga hech narsa tahdid qilmasligini ta'kidladi.
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

23:39 / 03.07.2025