Buyuk Britaniya Afg‘onistondan evakuatsiya qilish ishlarini yakunlaganini e'lon qildi
Ma'lumot berilishicha, 13 avgustdan buyon 15 ming nafarga yaqin fuqarolar va ming nafar harbiy Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan.

Foto: AFP
Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi elchisi Lori Bristou London mamlakatdan fuqarolar, harbiylar va afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlaganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 13 avgustdan buyon 15 ming nafarga yaqin fuqarolar va ming nafar harbiy Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan.
«Operatsiyaning ushbu bosqichini yakunlash vaqti keldi, ammo biz mamlakatni tark etishni xohlayotgan odamlar haqida unutganimiz yo‘q. Ularga yordam berish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishda davom etamiz», — dedi u Twitter sahifasida e'lon qilgan murojaatida.
Avvalroq Britaniya Mudofaa vazirligi afg‘onlarga mamlakatdan qochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025