Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ham sportchiga bir guruh shaxslar hujum qilgani ma'lum bo‘ldi
Internetda videosi tarqalayotgan hodisa shu yil may oyida Denov tumanida ro‘y bergan. 7 kishi hibsga olinib, ular ustidan ochilgan jinoyat ishi sudga yuborilish arafasida turibdi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida bir guruh shaxslar sovuq qurollar bilan sportchiga hujum qilgan. Internetda hodisa videosi tarqalgach, Bosh prokuratura voqea shu yil may oyida ro‘y berganini ma'lum qildi.
Idora matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan 29 may kuni Denov tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari 23 avgust kuni tamomlangan. Hozirda jinoyat ishi sudga yuborilish arafasida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qarshi tumanida bir guruh shaxslar sport murabbiyi Elbek Rahimovni o‘ldirib ketgan edi.
Mavzuga oid

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

16:34 / 03.07.2025
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

16:57 / 30.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

13:49 / 18.06.2025