“Haykal ham muhim, lekin menga birinchi navbatda ma'naviyat kerak” – Shavkat Mirziyoyev Jaloliddin Manguberdi monumenti qurilishi bilan tanishdi
Ayni paytda Xorazm viloyatida bo‘lib turgan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

Jaloliddin Manguberdi monumenti loyihasi
Shaharning qoq markazida Sulton Jaloliddin Manguberdiga atab barpo etilayotgan monument maydoniga tashrif chog‘ida prezident shunday fikrlar bildirdi:
“Haykalning ulug‘vorligi muhim albatta, lekin menga birinchi navbatda ma'naviyat kerak, yoshlarimizning tariximizni chuqur bilishi zarur. Bu maydonning har bir nuqtasida ulug‘ bobokalonimizga oid sodda tildagi ma'lumotlar joylashtirilsin. Sulton Manguberdini nafaqat boshqa viloyatdagi yoshlarimiz, balki xorazmliklar ham ko‘ngildagidek bilishmaydi. Olimlarimiz yana bir bor ma'lumotlarni ko‘rib chiqib, maydonning barcha burchaklariga joylashtirib chiqish choralarini ko‘ringlar”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid

12:45 / 09.06.2025
Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

16:24 / 28.05.2025
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

19:26 / 26.05.2025