Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Koreyaga o‘qishga yuborishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Koreyaga o‘qishga yuborishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 sentabr kuni Sho‘rchi tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi O.J. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Bobur mahallasida yashovchi T.B. 2019 yil 10 aprel kuni Koreya Respublikasiga o‘qishga yuboraman deb 2 850 AQSh dollarini olganini va o‘zlashtirib ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 15 sentyabr kuni T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025