Gvineyada hokimiyatni egallagan harbiylar yetakchisi prezident bo‘ladi
Gvineyada davlat to‘ntaruvini amalga oshirib, hokimiyatni egallagan harbiylar o‘tish hukumati amal qiladigan tartib-qoidalar xartiyasini qabul qildi. Unga ko‘ra, isyonchilar yetakchisi polkovnik Mamadi Dumbuya prezident lavozimini egallaydi.

Foto: Xinhua / Global Look Press
Hujjat, shuningdek, 81 a'zodan iborat hukumat va milliy o‘tish kengashi tashkil etilishini ko‘zda tutadi.
Bosh vazir lavozimini harbiylardan bo‘lmagan shaxs egallaydi, unga va hukumat a'zolariga mahalliy va milliy darajadagi saylovlarda ishtirok etish taqiqlanadi. Milliy o‘tish kengashini prezident va ikki vitse-prezident boshqaradi, ularga ham saylovlarda ishtirok etish taqiqlanadi. Bundan tashqari, kengashda kamida 30 foiz o‘rinni ayollar egallashi lozim.
5 sentyabrda bir guruh harbiylar Gvineyada davlat to‘ntaruvini amalga oshirib, prezident Alfa Kondeni hibsga olishgandi. Isyonchilar yetakchisi Dumbuya hukumat tarqatilishi, chegaralar yopilishi, mamlakat konstitutsiyasi amal qilishi to‘xtatilishini e'lon qilgan.
Dumbuya to‘ntaruvga mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lganini aytgan. “Respublika institutlarining zaifligi, fuqarolar huquqlarining oyoqosti qilinishi, samaraciz moliyaviy boshqaruv, sud tizimining suiiste'mol qilinishi armiyani Gvineya xalqi oldidagi mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga majbur qildi”, deb ta'kidlab o‘tgan Dumbuya.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Yevropa ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Gvineyadagi to‘ntaruvni qoralab, harbiylarni Kondeni ozod qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid

17:15 / 02.12.2024
«Barchasi hakamning bahsli qaroridan boshlandi». Gvineyadagi o‘yinda o‘nlab fanatlar halok bo‘ldi

21:45 / 01.08.2024
Gvineyaning sobiq harbiy yetakchisi insoniyatga qarshi jinoyatda aybli deb topildi

22:42 / 04.11.2023
Gvineyada qurollangan shaxslar sobiq prezidentni qamoqdan chiqarib oldi

18:58 / 01.10.2021