Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida velosipedchi hayotdan ko‘z yumdi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Foto: IIBB axborot xizmati
2021 yil 5 oktyabr kuni soat taxminan 21:00larda Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan A.J. «Lada 11184» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarish davomida transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.
To‘qnashuv natijasida velosipedni boshqargan, 1985 yilda tug‘ilgan R.S. badan shikastlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:21 / 02.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025