Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda 7 kishi qolib ketdi. Ulardan 6 nafari qutqarilgan, bir nafari tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.
Bugun, 11 oktyabr kuni soat 9:50da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 4ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 9:53da yetib borib, yong‘in soat 10:03da qurshab olingan va 10:25da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan, 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan halok bo‘lgan.
«Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:21 / 02.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025