O‘zbekistonda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan
O‘zbekistonda oxirgi yillarda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan. Aynan shuning hisobiga respublikada ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, bunda ayollar soni 17 432 730 nafarga teng bo‘lsa, erkaklar soni 17 646 460 nafarni tashkil qilgan. Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p.
Avvalroq, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur'ati 1,5 foizga oshgan. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.
2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan. O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

09:50 / 21.05.2025
O‘zbekistonda 4 oyda qancha egizak tug‘ilgani aytildi

08:14 / 21.05.2025
O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylar soni ma’lum qilindi

12:59 / 20.05.2025