Toshkent shahridagi Inha universiteti TTJda yashovchi talabalar uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘ydi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar uchun birinchi marta talabalar turar joyi va universitet yo‘nalishi bo‘yicha bepul transport yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda universitet rektori Muzaffar Jalolov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz
Rektorga ko‘ra, avtobus universitetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sotib olingan.
«Universitetimiz bir necha yildan beri o‘zini o‘zi mustaqil moliyalashtiradi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda til, IT kurslarimiz bor. Biz shu orqali talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yarata olamiz», – dedi Jalolov.
Inha universiteti rektori o‘z so‘zida shuningdek, OTMlarga moliyaviy va akademik mustaqillik berilishining ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tdi.
Unga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik universitetlar uchun juda katta imkoniyat beradi.
«Bunda universitetning rektordan ko‘ra kengroq vakolatga ega kengashi bo‘ladi. Shu kengash qarori bilan mablag‘ni kerakli maqsadlarda mustaqil ishlata olish mumkin. Siz bunda davlat OTMlaridagi kabi xaridlar portali javobini hafta, oylab kutmaysiz. Fikrimcha, boshqalar ham tezroq moliyaviy va akademik mustaqillikka o‘tishi kerak. Busiz ta'limda o‘zgarish qilib bo‘lmaydi», – dedi Muzaffar Jalolov.
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025