Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda MIB viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarida 3 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilindi
Surxondaryo viloyatida joriy yil 9 oy davomida MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 17ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Ularning natijasiga ko‘ra 3 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqda 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2021 yil 9 oyi mobaynida 62 nafar xodimning xatti-harakatlari yuzasidan 17ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Ularning natijasiga ko‘ra, 53 nafar xodim o‘z xizmat vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qarab, «Kasb odobnomasi» talablariga rioya qilmagani va nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani aniqlangan.
Shundan 9 nafar xodimga hayfsan, 8 nafar xodimga jarima intizomiy jazosi qo‘llanib, 3 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 1 nafar xodim MIB organlaridan ishdan bo‘shatilgan, 9 nafar xodim avvalgi jazosi bilan chegaralangan, 23 nafari esa ogohlantirilgan.
Shuningdek, 169 marta profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, 102 nafar xodim bilan individual tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan va «Kasb odobnomasi» talablariga rioya qilmagan jami 68 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan 110 nafar xodimning 2 nafari Bosh prokuror tomonidan, 32 nafari MIB direktori tomonidan hamda 76 nafari boshqarma boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan.
Mavzuga oid

18:38 / 05.08.2025
MIB tarixida eng katta miqdordagi aliment to‘landi

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

19:02 / 01.08.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi

14:51 / 30.07.2025