Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiga a'zo bo‘ldi

Foto: turizm.kasaba.uz
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – TMXIga a'zo bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar qildi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ittifoqqa a'zo bo‘lgan birinchi davlat, dunyoda esa 92-davlatga aylangani to‘g‘risida ma'lumot berilgan.
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi 1948 yilda YuNESKO tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda ittifoqqa 91ta davlat va 120ta davlat tashkiloti a'zo.
Ittifoq bioxilma-xillikni saqlash sohasida tadqiqotlar olib boruvchi, tabiatning yaxlitligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga hissa qo‘shuvchi dunyoda yetakchi tashkilot hisoblanadi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, ittifoqda ishtirok etish O‘zbekistonga ekologik loyihalar uchun Global ekologik fond va Yashil iqlim jamg‘armasi grantlarini jalb qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida strategik hujjatlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Mavzuga oid

14:56 / 01.07.2025
Save Soil harakati O‘zbekiston bilan tuproqni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik qiladi

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

15:45 / 18.06.2025
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochildi

07:37 / 10.04.2025