Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda giyohvand moddalar sotiluvchi internet do‘konlar reklama varaqalarini tarqatgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurashga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar davomida Mirobod tumani IIO FMB xodimlari 26 yoshli fuqaroni flayerlar tarqatayotganida qo‘lga oldi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxsdan ashyoviy dalillar sifatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlarni reklama qiluvchi 1093ta flayerlar olib qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, suhbat davomida fuqaro o‘zi bilan «Telegram» orqali boshqa bir shaxs bog‘lanib, flayerlar tarqatish yo‘li bilan daromad taklif qilganini aytgan.
Joriy yil 29 oktyabr kuni ushbu shaxs qo‘lga olingan fuqaroga 1750-1800ta flayerlar bergan. Flayerlarning bir qismi Yashnobod va Mirobod tumanlarida tarqatilgan.
Keyinchalik, tergovoldi tekshiruvi davomida, 2003 yilda tug‘ilgan F.K. qo‘lga olindi. U joriy yil sentyabr oyida maxsus sayt orqali flayerlar tarqatish bilan bog‘liq ish topganini ma'lum qilgan. Flayerlarni u tayyor holda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bosmaxonadan olgan. Tez orada bosmaxona ishchilari, 23 yoshli R.R. va 36 yoshli D.X. qo‘lga olingan. Ashyoviy dalillar sifatida 6000ta tayyor flayerlar olib qo‘yilgan.
Mazkur fakt asosida to‘plangan hujjatlar Mirobod tumani IIO FMBga yo‘naltirildi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

14:34 / 09.07.2025
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

12:38 / 23.06.2025