Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yozuvchi Nazir Safarov xotirasiga o‘rnatilgan barelef o‘g‘irlab ketildi
Toshkent shahrida yozuvchi Nazir Safarov xotirasiga o‘rnatilgan barelef o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limidan xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning 30 sentyabr kuni taxminan soat 16:00larda 25 yoshli D.S. va 23 yoshli B.N. uyning devoridan yozuvchi Nazir Safarov xotirasiga o‘rnatilgan 19 000 000 so‘mlik barelefni o‘g‘irlab ketishgan.
IIBB ma'lumotida aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi («o‘g‘rilik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi vaqtda tergov davom etayotgani bildirilgan.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismiga muvofiq, yuqoridagi jinoyatni sodir etganlar bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26 / 08.07.2025
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025