Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Surxondaryoda bo‘ldi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Joriy yilning 31 oktabr – 1 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi komissiyasining bo‘lim boshlig‘i S. Rinaldi boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 31 oktabr – 1 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi komissiyasining bo‘lim boshlig‘i S. Rinaldi boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatida bo‘lgan. Delegatsiya a'zolari 1 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Surxondaryoda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari viloyat hokimi bilan ham uchrashgan. Uchrashuv chog‘ida T.Bobolov viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, qo‘shni Afg‘oniston davlati bilan faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritgan.
Avvalroq, Surxondaryoga Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o‘rinbosari, qurolli kuchlar vaziri Jyeyms Hippi tashrif buyurgan va «Ayritom» chegara-bojxona postidagi sharoitlar bilan tanishgan edi.
Mavzuga oid

14:06 / 02.08.2025
Yevroittifoqda sun’iy intellekt shaffofligi talablari kuchga kirdi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

16:04 / 30.07.2025