Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘zini departament xodimi deb tanishtirib fuqaroning 30 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘zini departament xodimi deb tanishtirgan shaxs fuqaroning 30 million so‘m pulini o‘zlashtirib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 sentabr kuni Termiz tumani M.Eshtemirov mahallasida yashovchi, S.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaatiga ko‘ra, Termiz shahar Do‘stlik mahallasida yashovchi, I.B. o‘zini departament xodimi deb tanishtirib ishonchiga kirgan. So‘ng joriy yil 24 aprel kuni hunarmandchilik qilish uchun tuman bankidan 30 million so‘m kredit chiqartirib, pulni o‘zlashtirib ketgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 19 oktabr kuni I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

16:05 / 02.06.2025