Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tomorqasini sotishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tomorqasini sotishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Sherobod tumanida yashovchi, S.Sardor tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2019 yil yanvar oyida, shu tumanda yashovchi, X.S. tomorqasidan 15 sotix yer maydonini sotishini aytib 25 million so‘m pulini aldab olib ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, 2 noyabr kuni X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025