Muammar Qazzofiyning o‘g‘li prezident sayloviga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi
Qayd etilishicha, u bilan birga yana bir necha nomzod ro‘yxatdan chiqarib tashlangan. Liviya bosh prokurori to‘rt nafar nomzodning hujjatlarini “yuridik sabablarga ko‘ra” qabul qilmagan.

Foto: DPA
Liviya sobiq yetakchisi Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayf al-Islom mamlakat prezidentligi sayloviga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, u bilan birga yana bir necha nomzod ro‘yxatdan chiqarib tashlangan.
Al-Hadath telekanalining xabar berishicha, Liviya bosh prokurori to‘rt nafar nomzodning hujjatlarini “yuridik sabablarga ko‘ra” qabul qilmagan. Qayd etilishicha, ularning nomzodi nomzodlarni ilgari surish shartlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Liviya sobiq rahbarining o‘g‘li 14 noyabr kuni prezident saylovida nomzod sifatida qatnashish uchun ariza bergandi.
Liviyada prezident saylovi 24 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

09:05 / 31.01.2025