Mahallalar kriminogen vaziyat bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifaga ajratiladi
Mahallalar kriminogen vaziyat bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bu O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan.

Foto: Norma.uz
Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash faoliyatining samaradorligini oshirish choralari belgilanmoqda. Xususan, kriminogen vaziyat haqidagi ma'lumotlarni mahallalar kesimida tahlil qilish elektron tizimi yaratilib, hududlarni avtomatik ravishda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibi joriy etilmoqda.
Hududdagi sektorlar rahbarlarining jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish mexanizmlari belgilab berilmoqda. Unga ko‘ra, sektor rahbarlari “yashil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlarni bevosita o‘rganib chiqishi hamda ijobiy ish uslublari, amalga oshirgan tadbirlarni sektorning “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarida ommalashtirish choralarini ko‘rishi belgilanmoqda. Bunda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar, aholining bandligini ta'minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish tadbirlarining samarali tashkil etilganligiga e'tibor qaratiladi.
Endi, viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar hamda istirohat bog‘lari, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish Milliy gvardiya bo‘linmalari zimmasiga yuklatilmoqda.
Jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritiladi.
Mavzuga oid

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

15:16 / 03.01.2025