Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sug‘urta polisi mablag‘larini o‘zlashtirish holati fosh etildi

Foto: Shutterstock
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sug‘urta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YaTT S.J. va fuqaro O.X.lar «A.I.» MChJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida agentlik bitimlarini tuzishga erishib, qat’iy hisobda turuvchi 2 473 dona sug‘urta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan jami 120,6 mln so‘mni MChJ hisob raqamiga o‘tkazmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi

15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi

14:53 / 11.02.2025