Filippinga “Ray” supertayfuni yopirildi
Sharqiy Samar provinsiyasida 32 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

Foto: Philippine Coast Guard via AP
Filippinga “Ray” supertayfuni yopirildi, o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Filippin atmosfera, geofizika va astronomiya xizmatlari boshqarmasi.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, supertayfundagi shamol tezligi soatiga 230 kilometrga yetgan.
Associated Press agentligining xabar berishicha, mamlakatning janubiy va markaziy provinsiyalarida bo‘ron yuz berishi to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilingan.
Tayfun harakati yo‘nalishida 10 mingga yaqin uy joylashgan. Birgina Sharqiy Samar provinsiyasida 32 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.
Kemalar va samolyotlar qatnovi vaqtincha bekor qilingan.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025