Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Depositphotos
Nizomga ko‘ra, xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Xalqaro kurerlik jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish: temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazishda – maxsus belgilangan bojxona postlarida; havo transporti orqali yetkazishda – xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga jo‘natmalar topshirilishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Keltirilgan jo‘natmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi.
Jo‘natmalar orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Qayd etilishicha, nizom qoidalari yozma xat-xabarlarga (mayda paketlardan tashqari) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025