Endi Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasida «Zolotaya Korona» orqali pul o‘tkazmalarini jo‘natish mumkin

Foto: Ipak Yo‘li banki
O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan! Faqat «Ipak Yo‘li» banki va uning Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi yordamida siz «Zolotaya Korona» orqali nafaqat pul o‘tkazmalarini onlayn qabul qilishingiz, balki jo‘natishingiz ham mumkin.
Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni istalgan valutadagi yoqimli o‘tkazma bilan xursand qilish imkoniyati mavjud – pullarni so‘m va valuta kartalari orqali yuboring. Xizmat identifikatsiyadan o‘tgan barcha foydalanuvchilar uchun mavjud va undan hatto tun yarmida ham foydalanish mumkin – pul o‘tkazmalari 24/7 rejimida qayta ishlanadi.
Pul jo‘natish jarayoni shunchalik soddaki, uni har kim uddalay oladi. Ipak Yo‘li Mobile ilovasida «O‘tkazmalar» bo‘limini, undan esa «Zolotaya korona» bandini toping. Qabul qiluvchi ma’lumotlarini kiritib, to‘g‘riligini tekshiring. Tayyor! Qisqa vaqt ichida adresatingiz uning nomiga pul kelgani haqida bildirish xabarini oladi.
«Ipak Yo‘li» banki bilan siz har doim qadrdonlaringizga g‘amxo‘rlik qila olasiz. Ipak Yo‘li Mobile’da «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini tez, qulay, xavfsiz amalga oshiring va ularni istalgan paytda onlayn rejimida kuzatib boring!
Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha qisqa 1296 raqami orqali kun-u tun ishlaydigan Aloqa markazimizga murojaat qilishingiz mumkin.
«Ipak Yo‘li» bankining Telegram-kanaliga obuna bo‘ling va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabar toping!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

16:55 / 24.05.2023
“Ipak Yo‘li” Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi

19:00 / 22.05.2023
“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

08:44 / 20.12.2022
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi

18:55 / 15.09.2022