«Barselona» Ferran Torres transferini e’lon qildi
«Barselona» klubi «Manchester Siti» bilan Ferran Torres transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Foto: Barselona FK
21 yoshli ispaniyalik hujumchi Kataloniya klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. Torresning kelishuvdagi tovon puli 1 milliard yevro etib belgilandi.
3 yanvar kuni «Kamp Nou» stadionida Ferranning taqdimot marosimi o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Avvalroq, «Barselona» ispaniyalik hujumchi uchun «Manchester Siti»ga 55 million yevro transfer puli va bonus to‘lashi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Torres APL joriy mavsumida 4 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025