Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dam olish kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi
"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 28 dekabrdagi 198-sonli "Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlanishi munosabati bilan avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.
Bunga ko‘ra:
- 2021 yil 31 dekabr - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;
- 2022 yil 1 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40 foizga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
- 2022 yil 2 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
- 2022 yil 3 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
- 2022 yil 4 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
- 2022 yil 8 yanvar - shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid

18:40
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi

21:48 / 24.07.2025