Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan “Ipak Yo‘li” banki “Markaziy Osiyoning eng yaxshi emitent banki” deb topildi

Foto: Ipak Yo‘li banki
“Ipak Yo‘li” banki savdoni moliyalashtirish dasturi doirasida 2021 yil natijalariga muvofiq Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan “Markaziy Osiyoning eng yaxshi emitent banki” deb topildi. Mukofot 2021 yil 22 dekabr kuni “Ipak Yo‘li” bankining Bosh ofisi binosida Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan topshirildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasining ushbu mukofotini olish “Ipak Yo‘li” bankining nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi banklar orasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi banklardan biri sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, Bank “Ipak Yo‘li” Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan 2020 yil savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan buyon, bunday yuksak natijalarga nisbatan qisqa vaqt ichida erishdi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi Jahon bankining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, qashshoqlikni kamaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va xalqaro moliyalashtirish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida 1956 yilda tashkil etilgan.
“Ipak Yo‘li” banki bundan buyon ham savdoni moliyalashtirish sohasida, o‘z innovatsion yechimlari va har bir mijoz uchun individual yondashuvni taklif etgan holda, samarali faoliyatini davom ettiradi va o‘z mijozlarini xizmatlarining sifati, erkinligi va tezkorligi bilan xursand qilib qoladi!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

16:55 / 24.05.2023
“Ipak Yo‘li” Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi

19:00 / 22.05.2023
“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

08:44 / 20.12.2022
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi

18:55 / 15.09.2022