Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 yanvar kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi "Audi" rusumli, 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. boshqaruvidagi "Vaz-2106" rusumli, 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi U.K. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli va 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida, "Vaz-2106" rusumli avtomobil haydovchisi O.B. hamda "Audi" rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.U.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi

11:50 / 08.02.2025