Ispaniya Superkubogi. 120 daqiqa davom etgan gollarga boy «El Klasiko»da «Real» g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

Foto: Real Madrid
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Ispaniya Superkubogida ilk finalchi aniqlandi.
Gollarga boy o‘tgan «El Klasiko»ning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. Vinisius Junior va Karim Benzemaning gollariga «Barselona»dan Lyuk de Yong hamda Ansu Fati javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida esa qarshi hujumda Valverde kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol etib, Madrid klubini finalga olib chiqdi.
E’tiborlisi, «qirollik klubi» qatorasiga 5-klasikoda ustun keldi.
«Real» 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan finalda «Atletik» B — «Atletiko» juftligi g‘olibi bilan bahs yuritadi.
Ispaniya Superkubogi. Yarimfinal
Barselona — Real 2:3
12 yanvar. Ar Riyod. «Qirol Fath»
Gollar: Lyuk de Yong (42), Fati (83) — Vinisius (25), Benzema (72), Valverde (98).
Barselona – ter Stegen, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, Frenki de Yong (Pedri, 46), Gavi (Depay, 78), Alves (Niko, 78), Lyuk de Yong (Fati, 66), Dembele, Ferran Torres (Ezzalzuli 46, Yutgla 110).
Real – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 91), Nacho, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 82), Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio (Rodrigo, 68), Vinisius Junior (Kamavinga, 110).
Ogohlantirishlar: Torres (23), Alves (51), Kazemiro (75), Valverde (98).
Mavzuga oid

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

09:37 / 16.05.2025