Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosarlari hibsga olindi
5 yanvar kuni To‘qayev Yermek Sag‘imbayevni qo‘mitaning yangi raisi etib tayinlagandi. Bu lavozimda 2016 yildan buyon ishlab kelgan Karim Masimov avvaliga ishdan olingan, 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilishda gumonlanib, qo‘lga olingandi.

Foto: EPA/Vostock-photo
Avvalroq davlatga xiyonatda gumonlanib qo‘lga olingan Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Karim Masimovning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Interfaks xabar bermoqda.
"Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan qo‘mita sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan davlatga xiyonat fakti bo‘yicha sudga qadar tergov olib borilmoqda. Ushbu ish doirasida hokimiyatni kuch bilan egallash va lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilishga qaratilgan harakatlar bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari boshlandi", - deyiladi qo‘mita xabarida.
Xabarga ko‘ra, Masimovning sobiq o‘rinbosari - "A" maxsus xizmati boshlig‘i Anuar Sadikulov va qo‘mita raisi o‘rinbosari Daulat Yergojin hibsga olingan.
5 yanvar kuni To‘qayev Yermek Sag‘imbayevni qo‘mitaning yangi raisi etib tayinlagani ma’lum bo‘lgandi. Bu lavozimda 2016 yildan buyon ishlab kelgan Karim Masimov avvaliga ishdan olingan, 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilishda gumonlanib qo‘lga olingandi.
9 yanvar kuni Masimovning ikki o‘rinbosari - Marat Osipov va Daulet Yergojin lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, To‘qayev farmoni bilan Anuar Sadikulov o‘rniga Berik Kunanbayev tayinlangan.
Mavzuga oid

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05 / 08.07.2025