Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Sirojiddin Eshquvvatov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
17 yanvar kuni Andijon viloyati hokimligida mutasaddi tashkilotlar hamda huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev buyrug‘iga asosan Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov jamoatchilikka tanishtirildi.
Sirojiddin Eshquvvatov 2021 yil mart oyidan buyon Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyi boshida Andijon viloyati prokurori vazifasida ishlagan G‘ayrat Fozilov faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

11:14 / 26.06.2025