«Real» finaldagi klasikoda ham g‘alaba qozonib, 12-bor Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi

Foto: Real Madrid
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Ispaniya Superkubogida «Real» finalda turnirning amaldagi g‘olibi «Atletik» Bilbao bilan bahs yuritdi.
Birinchi bo‘limda Luka Modrich chiroyli goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Karim Benzema penaltidan to‘p kiritib madridliklarning klasikodagi g‘alabasini mustahkamladi.
E’tiborlisi, 87-daqiqada Militao o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi, Kurtua esa penaltini bartaraf etib jamoasini so‘nggi daqiqalar xavfidan qutqardi.
Shu tariqa «qirollik klubi» o‘z tarixida 12-bor ushbu turnirda g‘olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yarimfinalda «Real» «El Klasiko»da «Barselona»ni (3:2) mag‘lub etgandi. Bilbao klubi esa «Atletiko» Madrid (2:1) ustidan irodali g‘alabaga erishgandi.
Ispaniya Superkubogi. Final
Atletik B — Real 0:2
16 yanvar. Ar Riyod. «Qirol Fahd»
Gollar: Modrich (38), Benzema (52, penalti).
Amalga oshirilmagan penalti: Raul Garsiya (88).
Atletik – Unai Simon, De Markos, Martines, Yyeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).
Real – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes (Nacho, 90+1), Benzema, Vinisius (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (77), Yyeray Alvares (90).
Chetlatish: Militao (87).
Mavzuga oid

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

02:38 / 03.04.2025