Istanbuldan Urganchga kelayotgan reys noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo‘naltirildi

Foto: Kun.uz
18 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridan Urganch shahriga uchayotgan reys majburiy tarzda Toshkentga yo‘naltiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Reysdagi barcha 98 nafar yo‘lovchi mehmonxonaga joylashtiriladi. Ushbu yo‘lovchilar 19 yanvar kuni HY-051 reysi bilan Urganchga parvoz qiladi.
Shuningdek, Urganchda bo‘lib turgan noqulay ob-havo tufayli HY-054 Urganch—Toshkent reysi bekor qilindi. Ushbu reys yo‘lovchilari 19 yanvar kuni HY-052 reysi bilan Toshkentga parvoz qiladi.
Mavzuga oid

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

14:19 / 01.05.2025