«Afrosiyob» poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi
“Afrosiyob” poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi temir yo‘l vokzallarida elektr ta’minoti qayta tiklangani bois, 2022 yil 26 yanvardan “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 765-sonli hamda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan har kuni harakatlanadigan:
- soat 07:00 dagi 764-sonli;
- soat 07:28 dagi 762-sonli;
- soat 08:00 dagi 760-sonli;
- soat 08:30 dagi 770-sonli “Afrosiyob” poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

19:08 / 09.06.2025
Hindistonda harakatdagi poyezddan tushib ketgan 6 kishi halok bo‘ldi

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

22:45 / 28.05.2025