Andijonda Damas yonib ketdi

Foto: YHXX
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv sabab Damas yonib ketdi. Bu haqda YHXX boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022 yil 26 yanvar kuni soat 09:20 larda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 450-kilometrida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.M. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan. Qisqa tutashuv ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025