Rossiyalik aktyor Leonid Kuravlyov vafot etdi
RSFSR xalq artisti Leonid Kuravlyov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografchilar ittifoqiga asoslanib, TASS xabar berdi.

Yanvar oyi boshidan buyon Kuravlyov Kommunarkadagi klinik shifoxonada pnevmoniyadan davolangan, yanvar oyi oxirida uni boshqa shifoxonaga reabilitatsiya uchun yuborishgandi. Kuravlyovning koronavirus uchun so‘nggi testlari manfiy natija bergandi.
Leonid Kuravlyov 200dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan. Uni «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» (Jorj Miloslavskiy), «Robinzon Kruzoning hayoti va sarguzashtlari» (Robinzon), «Oltin buzoqcha» + «O‘n ikki stul» (Shura Balaganov), «Viy» (Xoma Brut), «Ibtido» (Arkadiy), «Afonya» (Afonya), «Hayot uchun xavfli» (Spartak Molodsov), «Bahorning o‘n yetti lahzasi» (Aysman), «Uchrashuv joyini o‘zgatirish mumkin emas» (Kopcheniy) filmlaridagi rollari mashhur qilgan. Kuravlyov «Mentlar» va «Maxfiy agentlar» teleseriallarda qatnashgan. 1960-1992 yillarda kinoaktyorlarning Teatr-studiya truppasi a’zosi bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi

22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi

16:38 / 03.12.2023