Termiz tumani pochta bog‘lanmasi sobiq hisobchilari aholidan yig‘ilgan mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi
“Uchqizil” pochta aloqa bog‘lanmasi sobiq bosh hisobchilari aholidan qabul qilingan 127,3 million so‘mni talon-toroj qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, “Uchqizil” pochta aloqa bog‘lanmasi sobiq bosh hisobchilari A.A. va O‘.M. aholi bilan naqd pul hamda bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari bo‘yicha qabul qilingan 127,3 million so‘mni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

16:08 / 28.03.2025