Buxoroda 1500 dollarga fuqaroning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Kogon tumanida fuqaroni chet davlatga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.X. fuqaro Sh.ni Qozog‘istondagi universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik vakolatli tanishlari orqali o‘qishini O‘zbekistondagi universitetlardan biriga ko‘chirib berish evaziga 1 500 AQSh dollari so‘ragan. U kelishilgan pulni olayotganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Buxoro va Samarqand viloyatida fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib, pul olganlar ushlangandi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

19:05 / 12.05.2025