Ukraina Qora dengiz ustidan uchmaslikni so‘radi - Rossiya mashg‘ulotlari tufayli

Contacto / Zuma / Scanpix / LETA
Ukraina hukumati aviakompaniyalardan 14 fevraldan 19 fevralga qadar Qora dengiz ustidan parvozlar amalga oshirmaslikni so‘ragan. Bu haqda fuqarolik aviatsiyasi regulyatori «Ukraerorux» xabar qilgan.
Agentlik bu tavsiya Qora dengiz va Azov dengizi hududida parvozlarni butunlay to‘sishni anglatmasligini ta’kidlagan. Shuningdek Ukraina hududi ustidagi havo kengligi ham rejalashtirilgan parvozlar uchun ochiqligicha qoladi.
Bu tavsiya Rossiya 14-19 fevral kunlari mintaqada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi tufayli Qora dengiz ustidagi havo kengligi vaqtincha xavfli hududga aylanishini e’lon qilishi ortidan berilmoqda.
- G‘arb mamlakatlari 2021 yil kuzidan buyon Rossiya Ukraina chegarasida qo‘shin to‘playotgani va bu qo‘shni mamlakat hududiga bostirib kirishga tayyorlanish bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirib kelmoqda. 11 fevral kuni AQSh tomoni Rossiyaning Ukrainaga hujumi «istalgan lahza»da boshlanishi mumkinligi haqida xabar berdi. Bu voqealar ortidan xalqaro sug‘urta kompaniyalari Ukraina havo kengligidagi fuqarolik samolyotlari uchun sug‘urtalar to‘lashdan voz kechmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Ukraina infratuzilmalar vazirligi mamlakat havo kengliklarini yopish rejalashtirilmayotganini ma’lum qilgan.
Rossiya Ukraina atrofida quruqlik va suvda yirik manyovrlar boshlamoqda
Mavzuga oid

21:14
«Otaxon» Tramp uchun sammit. NATO davlatlari nimaga kelishib oldi va bu Ukraina uchun nimani anglatadi?

20:09
Zelenskiy Ukrainaning Ottava konvensiyasidan chiqishni ma’qulladi

16:21
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda

16:00