Navoiyda ikki mastning janjali ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi
Navoiy shahrida o‘zaro tanish bo‘lgan ikki erkak spirtli ichimlik ta’sirida janjallashib qolishgan. Oqibatda ulardan biri voqea joyida vafot etgan.

Foto: Tergov departamenti
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, voqea 20 fevral kuni soat 23:00 larda Navoiy shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning “Yagodnaya” ko‘chasida yashovchi, 57 yoshli S.D. o‘z uyida tanishi, 42 yoshli S.M. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Keyin ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va tanishlar bir-biriga tan jarohati yetkazishgan. Oqibatda fuqaro S.M. hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025