Uchko‘prik tumanida gaz ballon ortilgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi

Foto: FVB matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida gaz ballon ortilgan yuk avtomashinasida yong‘in kelib chiqishi oqibatida gaz bo‘limi yollanma ishchi xodimi kuyish tan jarohati bilan tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 18:00 da “Katta Kenagas” MFY, Katta Kenagas qishlog‘i Kanal bo‘yi ko‘chasida joylashgan, “Kenagas Zilol Suv” xususiy korxonasi binosi tom qismining 50 kv.m. maydoni hamda Hududgaz bo‘limiga qarashli "Isuzu" avtomobilining mator, salon va ballon qismlari, shuningdek avtomobilga ortilgan 10 dona propan gaz ballonlari yongan.

Yong‘in oqibatida tuman gaz bo‘limi yollanma ishchi xodimi I.X. kuyish tan jarohati olib, tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Yong‘indan omborxonaning 80 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Avvalroq, Samarqand shahrida «Jiguli» mashinasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025