Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida akasining nomidagi MChJga bank kreditini o‘tkazib, talon-toroj qilgan bosh hisobchi aniqlandi

Foto: Kun.uz
Yangiyo‘l shahrida akasining nomidagi MChJga bank kreditini o‘tkazib, talon-toroj qilgan bosh hisobchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan “O‘zmilliybank” AJning Yangiyo‘l filiali murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Yangiyo‘l filiali bosh hisobchisi J.M. kredit mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida, akasi J.ning nomiga “Z.B.” MChJni tashkil qilib, 11 nafar fuqaroning nomiga kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, ularga ajratilgan 754 mln so‘mni dastlab “Z.B.” MChJ hisobraqamiga va u orqali plastik kartaga o‘tkazib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

15:44 / 14.05.2025