Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Farg‘onada 65 000, Andijonda 17 000 AQSh dollari evaziga fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda, “P.C.” fermer xo‘jaligi rahbari Yu.Yu. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga xo‘jalikning 42,6 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 65 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, Yu.Yu.ning akasi D.Yu. fuqaro X.ga o‘zining rahbarligidagi “M.I.” fermer xo‘jaligining 56 gektar yer maydonini 28 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 16 600 AQSh dollari va 89 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Marhamat tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “F.D.” fermer xo‘jaligi rahbari M.T. fuqaro K.Q. bilan o‘zaro til biriktirib, xo‘jalikning 6 sotix yer maydonini 17 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida fuqaro N.ning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

12:13 / 06.05.2025