Qamchiq dovonidagi yo‘lning chetki qismi o‘pirilib tushdi
Qamchiq dovonida yo‘lning chetki qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV
Qayd etilishicha, dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 229-kilometrida qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.
“239-kilometrda yo‘lning chetki yonbosh qismi o‘pirilib tushganligi sababli ushbu hududlarda harakatni tiklash bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu sababli, dovon yo‘lidan harakatlanmoqchi bo‘lgan haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldin Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:45 / 07.06.2025
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025