Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyaga 5,5 ming tonna pomidor yetkazib berdi
O‘zbekiston yanvar oyida 5,7 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: TASS
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar oyida 7 davlatga qiymati 3,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,7 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Qayd etilishicha, pomidor eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 4 ming tonna;
- Rossiya – 1,6 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 70,2 tonna;
- Tojikiston – 7,8 tonna.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar:
- Xorazm viloyati – 1,1 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 1,1 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 839 tonna;
- Farg‘ona viloyati – 649 tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 625 tonna;
- Namangan viloyati – 582 tonna;
- Toshkent viloyati – 245 tonna;
- Sirdaryo viloyati – 169 tonna;
- Samarqand viloyati – 144 tonna;
- Jizzax viloyati – 110 tonna;
- Toshkent shahri – 94 tonna;
- Andijon viloyati – 38,4 tonna.
Mavzuga oid

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

15:34 / 04.07.2025