Foto: Asaka tumani ko‘chalari suvga to‘ldi
Kun davomida yog‘gan kuchli yog‘ingarchilik sabab, Andijon viloyati Asaka tumanining bir qancha hududlari suvga to‘ldi.

Tumandagi “Kamolot” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko‘chalarda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv to‘lgan.
Bundan tashqari, tuman markazida joylashgan 55-umumta’lim maktabining atrofi ham suvga to‘lgan.
Hozirda tuman FVB tomonidan mazkur hududlarda yog‘ingarchilik oqibatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, suvga to‘lgan Andijon, yopilgan yo‘llar, suv kirgan xonadonlar suratlari e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid

14:24 / 06.06.2025
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi

12:07 / 16.05.2025
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

16:26 / 27.03.2025